Vatanni himoya qilish bu o‘z qadr-qimmatini himoya qilishdir.
N. Roerich
Bugun, Zarafshon shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabida 7551-sonli harbiy qism va hamkor tashkilotlar bilan vatanparvarlik oyligi doirasida "Milliy tiklanishdan-milliy yiksalish sari", "Vatan himoyasi sharafli burch!" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida qiziqarli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar o‘quvchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
