Sud-huquq tizimida amalga oshirilgan islohotlar mazmuni, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ-810-sonli Qonuni yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudi raisi v.v.b D.Ergasheva, Zarafshon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.G‘ofurov, Fuqarolik ishlari boʼyicha Zarafshon tumanlararo sudi raisi Sh.Shukurov ishtirokida Zarafshon shahar IIB binosida IIB xodimlari ishtirokida huquqiy targʼibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish tartibi, iqtisodiy va fuqarolik ishlardan firibgarlik jinoyatining farqli tomonlari va chegarasi hamda sud-huquq tizimidagi islohotlar bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
Shundan so‘ng maʼruzachilar tadbir ishtirokchilarining savollari va murojaatlariga tegishli tushuntirish va javob berishdi.
Sherzod G‘ofurov
Zarafshon tumanlararo
iqtisodiy sudi raisi