AZIZ ZARAFSHONLIKLAR!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Мahkamasining 12.04.2022-yildagi
178-sonli qarori bilan Vazirlar Мahkamasining 2017-yil 2-martdagi 116-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritilib, eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari va ularning ogohlantiruvchi taloni hamda avtomototransport vositalarining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar-ularning berilgan sanasiga muvofiq holda;
• 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martga qadar;
• 2010–2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyunga qadar;
• 2013–2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentabrga qadar;
• 2015-yildan keyin berilganlari-2023 yil 31-dekabrga qadar muddatlarda yangi namunadagi guvohnomalarga almashtirish tartibi belgilangan.
Shuningdek eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar ularning berilgan sanasiga muvofiq holda:
• 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari 2023-yil 1-apreldan;
• 2010-2012-yillarda berilganlari 2023-yil 1-iyuldan;
• 2013-2015-yillarda berilganlari 2023-yil 1-oktyabrdan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Yuqoridagi qaror talablari asosida belgilangan muddatda eski na’munadagi haydovchilik guvohnomasi va uning ogohlantiruvchi taloni hamda avtomototransport vositalarining qayd etish guvohnomalarini belgilangan muddatlarda almashtirishingizni so‘raymiz.
Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizmati