HISOBOT YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorlinini yanada oshirish bo‘yicha namunaviy konsepsiyani tasdiqlash to‘g‘risida"gi 450-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Zarafshon shahar “Quruvchi” va “Konchilar” mahallalarida hokim yordamchilari tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyaga muvofiq 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va 2023-yilga mo‘ljallangan vazifalar, istiqboldagi loyihalar yuzasidan mahalla faollari bilan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

