Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Sifatli ta'lim – taraqqiyot kafolati

Sifatli ta'lim – taraqqiyot kafolati

O‘quvchi yoshlarning huquqiy bilim va madaniyatini yanada oshirish, ularda qonunga hurmatda bo‘lish munosabatini shakllantirish, shuningdek yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda shahar xalq ta'limi bo‘limi o‘rtasida tuzilgan Memorandum ijrosini ta'minlash maqsadida Zarafshon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.G‘ofurov tomonidan Zarafshon shahridagi 10-umumiy ta'lim maktabining 8 va 9-sinf o‘quvchilari ishtirokida huquqiy dars soati o‘tkazildi.
Huquqiy dars soati jarayonida huquq sohalari va manbalari, shuningdek huquqiy ong va madaniyatning mohiyati o‘quvchi yoshlarga tushuntirib o‘tildi hamda ularning savollariga amaliyotchi mutaxassis tomonidan tushuntirish berildi. 

Sherzod G‘ofurov,
Zarafshon tumanlararo 
iqtisodiy sudi raisi

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech