Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Zarafshonlik yoshlar respublikada 1-o'rinni egalladi

Joriy yilning 4-iyun kuni 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Mening huquq va majburiyatlarim” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov 3 ta shart asosida tashkil etilib, saralash, mahalliy va hududiy bosqichlarida 
1 mln.dan ortiq yoshlar qamrab olindi. 

🇺🇿Respublika bosqichida 14 ta jamoa g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, faxrli 1-o‘ringa Navoiy viloyatining “Parlament” jamoasi (Zarafshon shahar 11-maktab jamoasi), 
2-o‘ringa Samarqand viloyatining “Kelajak” jamoasi hamda 3-o‘ringa Xorazm viloyatining “Yustitsiya” jamoalari munosib ko'rildi.

📜G‘olib jamoalar xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Vahobjon Rajapov ishtirokida vazirlikning diplom 
va qimmatbaho sovg‘alarl bilan taqdirlandi. Qolgan jamoalar turli nominatsiyalar bo‘yicha faol ishtirokchi deb topildi.

Zarafshon shahar ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech