Navoiy viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish viloyat hududiy bo‘limining xotin-qizlarni muammolarini aniqlash manzilli yordamlar ko'rsatish tadbirlar va uchrashuvlar rejasiga asosan joriy yilning 7-aprel sanasida Zarafshon shahrida hududiy bo‘lim direktori N. Ermamatova, Konimex tumani Ayollarni reabilitatsiya qilish markazi direktori A. Kushakbayevalar tomonidan Zarafshon shahridagi xotin - qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Ichki ishlar bo‘limi xodimlari, mahalla xotin-qizlar faollari, tibbiyot birlashmasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta'minlash, Maktabgacha va maktab ta'limi psixologlari ishtirok etishdi. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining 561-son qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi