Shahar hududidagi "Yoshlik" mahallasida tashkil etilgan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbiri davomida Zarafshon shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari E.Yaxyoev "Mo‘jizalar maydoncha"si bozorida bo‘lib, Milliy Gvardiya Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari bilan birgalikda tadbirkorlar va aholi bilan uchrashib, aholi xonadoni va mol-mulkini qo‘riqlash xizmatining zamonaviy "PRITOK-A" qurilmasi orqali qo‘riqqa topshirilishi hamda videokuzatuv kameralari o‘rnatilishining afzalliklari to‘g‘risida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib bordi.



