2022-yil 23-fevral kuni Zarafshon shahar 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi, Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan "Ulug' daholarga ta'zim" mavzusida shahar seminari o'tkazildi.
➡️Unda Zarafshon shahar XTB metodistlari G.Nizomova, G.Otamuradova, Zarafshon shahar maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi rahbari D.Bahranova hamda barcha umumtaʼlim maktablarining oʻzbek tili fani oʻqituvchilari ishtirok etdilar.
➡️Seminarning badiiy qismida o'quvchi va o'qituvchilar tomonidan sahna ko'rinishlari , qo'shiq va raqslar ijro etildi. Maktabda o'zbek tili fani o'qituvchilari tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida ochiq darslar tashkil etildi.


