"JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT BILAN KURASHISH - DAVR TALABI"
Joriy yilning 16-iyun kuni Zarafshon shahar Yulduz madaniyat uyida Konchilar, Oltin Vodiy, Bahor xamda Yulduz mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi, nuroniylar, xotin-qizlar, uyushmagan yoshlar hamda o‘quvchi talabalvr ishtirokida "Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish - davr talabi" mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Shukrullo Umarov, markaz ilmiy xodimi Mamadaliev Abdulbosid, shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi rahbari D. Bahronova hamda shahar hokimligi Din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis A.Xamdamov ishtirok etishdi.
Tadbir ishtirokchilariga ma'ruzachilar tomonidan turli yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolmaslik, jaholat ya'ni ilmsizlikka qarshi kurashish, turli mutaassib g‘oyalarga qo‘shilgan yoshlarning ayanchli qismati to‘g‘risida ma'lumotlar berildi. Targ‘ibot tadbirida faol ishtirok etgan fuqarolarga kitoblar tuhfa qilindi.