Zarafshon shahar hokimi yordamchisi Gʻ.Sultonov hamda shahar hokimligi Din ishlari bo'yicha bosh mutaxassis A.Xamdamov Qurbon hayiti munosabati bilan Zarafshon shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlari tomonidan Zarafshon shahar jome masjidida hamda 1- va 2-sonli qabristonlarda olib borilayotgan obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish va oqlash ishlari bilan tanishdi.
Shuningdek, amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan kerakli ko'rsatmalar berildi.





