DataLife Engine / Sumalak - milliy taom

Sumalak - milliy taom

Sumalak - milliy taom

 Yurtimizga  Navro'z ayyomi  kirib kelishiga  ham oz fursat qoldi. Navro'z bayrami  21-martda  nishonlanadi. Navro'z-bu juda qadimiy bayram  bo'lib, nafaqat  O'zbekiston,  balki  boshqa qo'shni  davlatlar  ham bu  bayramni nishonlaydilar. Navro'z  bayramini, barcha  "Assalom Navro'z"  deya kutib oladilar.

Navro'zda turli xil taomlar pishiriladi, masalan: somsa, qatlama, chuchvara, manti  kabilar va eng asosiy  u  kunda  "sumalak"   pishiriladi. Sumalak-bu Navro'zning eng kerakli taomidir. Sumalaksiz  Navro'z bayramini tasavvur qilib bo'lmaydi.

Zarafshon shahridagi barcha korxona-tashkilotlarda birin-ketin sumalak sayillari o'tkazilmoqda. Jumladan, shahar Tibbiyot birlashmasi va Istiqlol mahallasida ham sumalak tayyorlanib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va davolanayotgan bemorlarga ulashildi.

Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi


17-03-2022, 00:30
Вернуться назад