Har kuning bo'lsin Navro'z O'zbekistonim!
Bugun, 17-mart kuni Zarafshon shahar 13-AFCHO'I maktabida Tomdi tumanidagi 16-maktab bilan hamkorlikda "O'zbekiston umumiy uyimiz" shiori ostida "Har kuning bo'lsin Navro'z O'zbekistonim" mavzusida ma'naviy -ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda shahar Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchi Laylo Tursunova, shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi rahbari Dilafruz Bahronova, 300 dan ortiq yoshlar, mahalla faollari ishtirok etdi.
Tadbirda millatlararo do'stlik va hamjihatlikni, milliy an'analarimizni ulug'lovchi, vatanparvarlik kuy-qo'shiq, raqslar ijro etildi. Tadbir yakunida Tomdi tumani yoshlariga shahar hokimi, shahar Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi raisining kitoblari sovg'a qilindi.
Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi