YAGONA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARI PORTALIDAN FOYDALANISH KOʻNIKMALARINI OSHIRISHGA QARATILGAN SEMINAR-TRENING
Bugun Zarafshon shahar kasb-hunar maktabi faollar zalida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi "Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi" xodimi T.Qoʻldoshev, shahar hokimligi raqamli iqtisodiyot loyihalari boʻyicha menejer N.Umarov tomonidan davlat xizmatchilari, aholi va yoshlar oʻrtasida yagona interaktiv xizmat portalidan foydalanishni ommalashtirish hamda foydalanishda qulaylik, imkoniyatlar yuzasidan seminar-trening oʻtkazildi. Seminar davomida ishtirokchilar oʻzlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi