Shahrimiz fuqarolari doimiy e'tiborda!
✔️Zarafshon shahar IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan aholiga fuqarolik masalalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, ularni ID kartalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
✔️Xususan, joriy yilning 16-avgust kuni Zarafshon shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Sardor Latipov tomonidan sektor hududida yashovchi 16 yoshga qadam qo‘ygan bir guruh yoshlarga va O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi "Fuqarolik to‘g‘risida"gi qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olingan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ID kartalari hamda "Ma'rifat ulashib" shiori ostida shahar Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kitoblari tantanali ravishda topshirildi.