Zarafshon shahar Yulduz madaniyat markazida "Oqila ayollar jamiyat tayanchi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi rahbari D.Bahronova, shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi G.Ro‘ziyeva, shahar Oqila ayollar a'zolari ishtirok etdi.
Tadbirda namunali faoliyat yuritgan a'zolar taqdirlandi. Shahar madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchada xush kayfiyat bag‘ishladi.




