Shahrimiz bo‘ylab keng miqyosda hasharlar tashkil qilinib, obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Mazkur ezgu ishlarda ota-bobolarimiz mangu qo‘nim topgan joylar - qabristonlar ham obod qilinmoqda.
Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov va sektor rahbarlari 2-sonli qabristonda bo'ldi. Mazkur qabristonda obodonlashtirish ishlari olib borilib, daraxtlarga shakl berish, tozalash ishlarini tashkil etish bo'yicha tavsiya va ko'rsatmalar berildi.





