Tashrif davomida korxonaning faoliyati, uning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, mavjud muammolar va takliflari tinglanib, bu borada tegishli chora tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Bugungi kunda mazkur korxona tomonidan ishchilarga qulay shart-sharoitlar yaratilgan, xususan, yotoqxona, oshxona va qulay yashashlari uchun imkoniyatlar mavjud bo'lib, bu esa korxona faoliyatini samarali tashkil etishda alohida ahamiyat kasb etadi.









