Joriy yilning 21-dekabr kuni Navoiy shahridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazida ilm-fan, san'at va madaniyat, axorot texnologiyalari, badiiy ijod, arxitektura va dizayn, tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni munosib rag‘batlantirish maqsadida "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda Zarafshon shahridagi yoshlar ham ishtirok etdi. Jumladan, 9-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Karibayeva Ayajan, Barkamol avlod bolalar maktabi to‘garak rahbari Oybek Raximov va shahardagi 4 nafar yoshlar munosib qatnashib, sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi