Navoiy viloyat hokimligi tomonidan joriy yilning 9-dekabr kuni qozoq xalqining atoqli namoyondasi Abay Qunanbayevning meros kuniga bag‘ishlangan "Abay Qunanbayev ijodiy merosining o‘zbek-qozoq xalqlari do‘stligini mustahkamlashdagi o‘rni" mavzusida ma'naviy, madaniy-ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Unda Zarafshon shahar xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 9-umumiy o‘rta ta'lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Abdualiyeva Madina Qozog‘iston Respublikasida boʻlib oʻtgan Xalqaro ijodiyot festivalida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani uchun viloyat hokimligining diplom va sovgʻalari topshirildi.
