DataLife Engine / Yil sarhisobi xalq ta'limi bo'limida

Yil sarhisobi xalq ta'limi bo'limida

Investitsiya dasturi asosida 1 mlrd 730 mln so‘mga, 60 o‘rinli yangi bino, “Obod Mahalla” Davlat dasturi asosida 7 mlrd 598 mln so‘mlik kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. 200 mln so‘m maktab hududini to‘liq o‘rashga, tom qismini taʼmirlashga 200 mln so‘m, maktab kutubxonasi qurilishiga 200 mln so‘m, sport zal taʼmirlashiga 100 mln so‘m sarflandi.

13 ta maktabga 52 dona elektron sensorli panellar, 101 dona yangi rusumdagi o‘quv kompyuterlar, 150 mln so‘mlik lingafon jihozlari, 6 ta maktabga 360 mln so‘m o‘quv jihozlari, 5 ta maktabga 180 mln so‘mlik kuzatuv kameralari, 13 ta maktab va “Barkamol avlod bolalar maktabi”ga 8 turdagi 135 dona 599 mln so‘mlik musiqa asboblari, 50 mln so‘mga zamonaviy laboratoriya jihozlari, 50 mln so‘mga 1300 dona badiiy adabiyotlar xarid qilinib, badiiy adabiyotlar soni 79493 donaga yetkazildi.

Maktablarda 17534 nafar o‘quvchi, 1744 nafar xodim faoliyat yuritib, 1665 nafar o‘qituvchilar uzluksiz kasbiy taʼlim platformasida malaka oshirdi. 2022-yilda samarali mehnatlari uchun 4 nafar pedagog xodimlar “Xalq taʼlimi aʼlochisi” ko‘krak nishoni, 1 nafar pedagog xodimlar “Xalq taʼlimi fidoyisi” ko‘krak nishonlari bilan mukofotlandi.

Oliy toifali o‘qituvchilar soni 212 nafardan 476 nafarga yetib, 14.2% ga, birinchi toifali o‘qituvchilar soni 336 nafardan 480 nafarga yetib 8% ga oshdi. 200 nafar xorijiy til o‘qituvchilaridan 179 nafari Xalqaro darajadagi sertifikatlarga ega bo‘ldi.

848 nafar bitiruvchilardan 610 nafari oliy taʼlimga jalb qilinib, oliy taʼlim muassasalariga kirish 72 foizni va bandlik 100 foiz taʼminlandi. Maktablarimiz oliy taʼlim muassaslariga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha Respublikada 1-o‘rin egalladi.

186 nafar bitiruvchilar Xalqaro IELTS sertifikatini qo‘lgan kiritdi. Milliy reytingda maktablarimiz viloyatda 2-o‘rin, Respublikada 5-o‘rinni egallab, 9 ta maktab TOP-500 talik reytingga kirdi.


28-12-2022, 15:35
Вернуться назад