Joriy yilning 12-yanvar kuni Din ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar bosh mutaxassisi А.Xamdamov, shahar Maʼnaviyat va marifat bo‘linmasi rahbari D.Baxranova va shahar bosh imomi Q. Ibragimov hamkorligida Ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtrishi, vatanparvarlik oyligi doirasida shahar Davlat Soliq inspeksiyasida xodimlar bilan "Diniy ekstremiz va terrorizm jamiyat barqarorligiga tahdid" va "Vatan himoyachilari-yurt posbonlari" mavzularida tushuntirish ishlari olib borilib, ma'rifat soati o‘tkazildi. Hamda ishchi-xodimlarga Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi bosmaxonasida “Ekstremizm va terrorizm taraqqiyot kushandasi” sarlavhasi ostida tarqatma bukletlari tarqatildi. Tadbir so‘ngida mavzuga oid videorolik namoyish etildi.
Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo‘linmasi


