O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2022-yildagi "Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 300-sonli Qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish maqcadida joriy yilning 24-yanvar kuni Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Tursunova boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda shahar mahalla xotin-qizlar faollari hamda tegishli tashkilot rahbarlari qatnashib, aniqlangan muammolar tanqidiy muhokama qilindi.