Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Shahrimizda “Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Dolzarb 30 kun” tadbiri o‘tkazilmoqda

Xabaringiz bor, 2023-yilning 10-iyul kunidan 10-avgust kuniga qadar Respublikamiz hududida “Yong'in xavfsizligini ta‘minlash bo‘yicha Dolzarb 30 kun” tadbirlari davom etmoqda.

Oylik doirasida  Zarafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan  qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.  Shahardagi 2-sonli DMTT tarbiyachilari va bolajonlar bilan bo‘lib o‘tgan " Favqulodda vaziyatlar bolalar nigohida" deb nomlangan tadbir  ayni shu mavzuga bag‘ishlandi. Unda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish,  sodir bo‘lganda uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar va maʼruzalar namoysh etildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech