





Oylik doirasida Zarafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shahardagi 2-sonli DMTT tarbiyachilari va bolajonlar bilan bo‘lib o‘tgan " Favqulodda vaziyatlar bolalar nigohida" deb nomlangan tadbir ayni shu mavzuga bag‘ishlandi. Unda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, sodir bo‘lganda uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar va maʼruzalar namoysh etildi.