SHAHAR OBODONLASHTIRISH BOSHQARMASIGA YANGI TEXNIKA TOPSHIRILDI
Shahar obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatiga nazar solsak, shahar ko‘chalari obodligi, ozodaligi uchun yelib-yugurayotgan jonkuyar xodimlarni ko‘ramiz.
Maʼlumki, shu sohadagi maxsus texnikalar esa ularning qo‘l mehnatlarini yana-da yengillashtirishga xizmat qiladi.
Bugun shahar hokimligi oldida sohada mehnat qilayotgan kasb fidoyilariga zamonaviy texnika topshirish tadbiri boʻlib oʻtdi.
Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan shahar obodonlashtirish boshqarmasiga yangi texnika - "Isuzu" yuk mashinasi topshirish tantanali tadbirida shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, masʼullar ishtirok etishdi.