#targ‘ibot
#Mustaqillikning 32 yilligi
Zarafshon shahrida ijtimoiy - ma'naviy muhit"ni sog‘lomlashtirish va vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan shahar Din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis A.Xamdamov, shahar ma'naviyat bo‘linmasi rahbari D.Baxranova hamda Zarafshon jome masjidi imom xatibi Q.Ibragimov bilan hamkorlikda Zarafshon shahar adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi hamda shahar FHDYO bo‘limi xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun", "Ommaviy madaniyat", "Diniy ekstremizm va terrorizm jamiyat barqarorligiga tahdid", “Missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlari", "Islom dinining tinchlikparvarlik mohiyati", "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi O‘RQ-699-son Qonuni mazmun mohiyati mavzularida so‘z yuritildi. Tadbir so‘ngida "Ogoh bo‘ling" nomli videorolik namoyish o‘tildi.