Zarafshon shahridagi barcha umumtaʼlim maktablarida yangi oʻquv yiliga bagʻishlangan bayram tadbirlari yuqori kayfiyatda oʻtkazilmoqda.
Xususan, 10-sonli maktabda ham "Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun" shiori ostida bayram tadbiri oʻtkazildi. Unda Zarafshon shahar hokimi birinchi oʻrinbosari A.Shoxmirzayev ishtirok etib, oʻquvchi yoshlarni yangi oʻquv yili boshlanishi va "Bilimlar kuni" bilan tabrikladi. Prezident sovgʻasi jamlanmalari oʻquvchilarga topshirildi. Tadbirdan soʻng "Mustaqillik darsi" oʻtkazildi. Oʻquvchi yoshlarga kitoblar ulashildi.