Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

DAVLAT XIZMATCHILARI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlanishi belgilangan.

Shu bois ayni kunlarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan  hamkorlikda viloyat va tuman (shahar) hokimliklarida faoliyat olib borayotgan davlat xizmatchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Bugun Zarafshon shahar hokimligi apparat xodimlari belgilangan grafik asosida Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

 Xodimlar orasida yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni erta aniqlash maqsadida shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining tor doiradagi, malakali shifokorlari (kardiolog, oftalmolog, xirurg, terapevt, dermatolog, stomatolog, endokrinolog, UZD, EKG, qon tahlili) tomonidan o‘tkazilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnat faoliyatida samaradorlik va natijadorlikka erishishini ta’minlashga xizmat qiladi.







Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech