Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

BANDLIK, MIGRATSIYA, AHOLINI KAMBAGʻALLIKDAN CHIQARISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOB QILINDI

Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov boshchiligidagi yig‘ilishda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikdan chiqarish va migratlar bilan ishlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tahliliy-tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda aholi bandligini ta’minlash, migrantlar bilash ishlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan mas’ullar va sektor rahbarlarining hisoboti tinglanib, muhokama qilindi. 

➡️Shahar hokimi tomonidan mahallalarda kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga bir qator tavsiya va topshiriqlar berildi.

🖊️Shuningdek, yig‘ilishda murojaatchilar ham ishtirok etib, masalasi bo‘yicha  fikr bildirdi. Ularning murojaati qayta o‘rganilib, o‘sha zahotiyoq ijobiy yechim topdi. 

➡️Yig‘ilish davomida o‘z ishiga mas’uliyasiz yondashgan, aholi  murojaatiga sovuqqonlik bilan qaragan tegishli mas’ullar lavozimidan chetlashtirildi.












Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech