Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

#apparat yig'ilishi

Bugun navbatdagi apparat yig‘ilishini viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Rustam Sulaymonov olib borib, Zarafshon shahri studiyasidan ishtirok etdi.

✅Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala aholi bandligini ta’minlash, migrantlar bilash ishlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘lib, bu bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan mas’ullar va sektor rahbarlarining hisoboti tinglandi. Ularning faoliyati tanqidiy tahlil etildi.

Ushbu yo‘nalishda ish olib boradigan mas’ullarning aholi bilan ishlashdagi asosiy vazifasi sifatida barqaror bandlik va yuqori daromad topishga ko‘maklashish, kafolatlangan davlat tibbiy xizmatdan foydalanish, ta’lim olish va kasb-hunarga o‘rgatish hamda ijtimoiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash etib belgilangan.

✅Shuningdek, biriktirilgan oilalarni yashash sharoitlarini yaxshilash va moslashtirish, mahallalar infratuzulmasini yaxshilash kabi dolzarb masalalarga e’tibor qaratish kerakligi ta’kidlandi.




Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech