Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

NKMK ning bo‘sh turgan binolaridan samarali foydalaniladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  "Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi 430-sonli  qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida "NKMK" aksiyadorlik jamiyati va "NKMK" jamg‘armasi davlat muassasasi balansidagi bo‘sh turgan bino va inshootlar hokimiyat balansiga o‘tmoqda.

Ushbu binolar kambag‘allikni qisqartirish va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish maqsadida  tadbirkorlarga topshiriladi.

Ma’lumot o‘rnida, "NKMK" aksiyadorlik jamiyati va "NKMK" jamg‘armasi davlat muassasasi balansidagi bo‘sh turgan bino va inshootlarni Zarafshon shahar  hokimligi balansiga qabul qilish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etilgan. 
Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov ishchi guruh bilan birgalikda mazkur binolarning holatini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, ishchi guruh a'zolariga ishlarning ijrosi yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.








Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech