SEKTOR RAHBARI "AREL KONFEKSIYON" MCHJ QO‘SHMA KORXONASI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
📍17-yanvar kuni Zarafshon shahar DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari Rashid Baxranov "AREL KONFEKSIYON" MCHJ qo‘shma korxonasida bo‘lib, mutasaddi rahbarlar bilan uchrashdi.
📊Uchrashuvda sektor rahbari "AREL KONFEKSIYON" MCHJ qo‘shma korxonasidagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Hamda korxona tomonidan 2025-yilda amalga oshiriladigan yangi investitsiya loyihalari, eksport hajmi to‘g‘risida suhbatlashdi.
👌Shuningdek, sektor rahbari tomonidan tadbirkorga mamlakatimizda hozirgi kundagi soliq siyosati, soliq imtiyozlari, 2025-yilda soliq konsepsiyasi dorasida soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.