Sessiya ishida Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar sektor rahbarlari, kengash kotibiyati va aloqador korxona, tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.
🗣Ushbu sessiyada Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Nazirbek Rahmanov raislik qildi. Dastlab sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 - yil 12- dekabrdagi “Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-430-sonli qarori ijrosi haqida masala kiritilib, bu bo’yicha shahar hokimining hisoboti tinglandi.
🔄Shahar sektor rahbarlari, shahar deputatlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etgan sessiyada kun tartibi bo‘yicha Zarafshon shahrining 2025-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari N.Xolovning hisoboti, 2025-yil uchun Zarafshon shahrida yuridik va jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalarini belgilash to‘g‘risida Zarafshon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i R.Baxronovning hisoboti hamda bir qator rahbarlarning hisobotlari tinglandi.
✅ Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.









