Bugun, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sunnatillo Nazarov hamda shahar prokurori Sh.Shernazarov tomonidan "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida hududlardagi kambag‘al oilalar bilan bugungi kundagi olib borilayotgan ishlar tahlili yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda shahar IIB boshlig‘i S.Latipov, shahar DSI boshlig‘i R.Bahranov, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot, korxona rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda ijtimoiy reyestrda turgan kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish choralarini ko‘rish, ularga biriktirilgan tashkilot rahbarlari tomonidan ularning bandligini ta’minlanishi, ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish, farzandlarini sifatli ta’lim olishlari uchun tegishli sharoitlar yaratish, daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun ko‘maklashish va boshqa masalalar bo‘yicha topshiriqlar berildi.