Ushbu o‘quvda Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputatlari va Xalq deputatlari Tomdi, Uchquduq tuman Kengashi deputatlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etmoqda.
Seminarda:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlis Palatalarining majlislarida belgilab berilgan ustuvor vazifalar;
Mahalliy Kengashlar deputatlari maqomi;
Deputatlik faoliyatining kafolatlari;
Mahalliy kengashlar, doimiy komissiyalar, partiya guruhlari va deputatlar faoliyatini to’g’ri va samarali tashkil etish mavzularida ma’ruzalar qilinmoqda.






