Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

“Mening mahallam - mening sudyam” g‘oyasi amalda

Sud-huquq tizimidagi islohotlar, yangi qabul qilingan qonunlar va uning mazmun-mohiyati hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan tuzilgan “Media reja” ijrosini ta'minlash, shuningdek “Mening mahallam-mening sudyam” g‘oyasi ostida Zarafshon shahridagi “Istiqlol” MFYda sayyor uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur sayyor qabulda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarafshon tumanlararo sudining raisi A.Shukurov, Zarafshon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.G‘ofurov tomonidan MFYdagi fuqarolar, yoshlar hamda xotin-qizlarning muammolari o‘rganildi. 
Sayyor qabul jarayonida fuqarolarning murojaati tinglanib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sherzod G‘ofurov
Zarafshon tumanlararo 
iqtisodiy sudi raisi
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech