Mavsum kelishi bilan shahrimiz koʻrkiga koʻrk, chiroyiga chiroy qoʻshib turgan turli anvoyi gullarning urugʻlaridan kelgusi yilda shahrimiz boʻylab yanada koʻproq, kengroq hududlarda yetishtirish va foydalanish yuzasidan targʻibot, tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Bu borada namuna sifatida shahar oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi L.Tursunova shahrimiz faol ayollari, xotin-qizlari ishtirokida gul urugʻlarini yigʻish ishlarini tashkil etdi. Kelgusi yil davomida shahrimiz obodligi va yashilligini yanada kengaytirishda gul urugʻlarining muhim oʻrni borligi taʼkidlandi.