Joriy yilning 13–19-noyabr kunlari yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Bag‘rikenglik haftaligi" doirasida bugun 14-noyabr kuni Zarafshon shahar Tibbiyot texnikumi talabalari o‘rtasida "O‘zbekiston - bag‘rikeng diyor" shiori ostida "O‘zbekiston - umumiy uyimiz" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida shahar hokimi o‘rinbosari L.Tursunova, shahar Din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis А.Hamdamov, shahar targ‘ibot guruhi rahbari М.Qurbonova hamda Tibbiyot texnikumi direktor N.Sattorov ishtirok etishdi.
Davra suhbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 2018-yil
12-dekabrdagi yalpi majlisida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyutsiyasi qabul qilinganligi, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotar, fuqarolarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Bundan tashqari yoshlarimizni xatarli tahdidlardan saqlanishning yagona yo‘li ma’rifat ekanligi, ilm-ma’rifat ulashish, yaxshilik qilish, yaratilayotgan sharoitlarga shukronalik hissi bilan yashash lozimligi, shuningdek, insonparvarlik, kechirimlilik, bag‘rikenglik g‘oyalari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.