Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

KASBIY RIVOJLANISH KUNI  

Bugun,  shahar hokimi o'rinbosari S.Uvaytov,   shahar MMTB boshlig‘i M.Tursunova, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti mas'ul xodimi Nizomjon Karimov  hamda Navoiy viloyati MMT boshqarmasi masʼullari Zarafshon shahridagi 13-AFChOʻI  maktabida bo'lishdi.

Jarayonda tabiiy fan oʼqituvchilari uchun  “Kasbiy rivojlanish kuni – KRK” da  master treningi oʼtkazildi.  Oʼquv davomida maktabda tabiiy va matematika fanlarini oʼqitishda ta’lim sifatini ta’minlash, pedagoglar salohiyatini oshirish hamda xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish yo‘nalishidagi amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi va istiqbolli rejalar belgilandi.

Shuningdek, KRK  o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish asosiy masala etib belgilandi.  Singapur bilan hamkorlikda joriy etilgan sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi — Cerebrydan ushbu maktab oʼquvchilarining  foydalanish samaradorligi  alohida eʼtirof etildi. Ta’lim jarayonlarining sifatini yanada oshirish uchun tegishli tavsiyalar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.










Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech