Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosarlari X.Oripov, S.Uvaytov shahrimizda barpo etilayotgan ijtimoiy soha obyektlarining qurilish, ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.
Jarayonda O‘zbekiston MFY binosi, Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasidagi yangi bino hamda yangi barpo etilayotgan xususiy maktabning qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Olib borilayotgan ishlar nazorat qilinib, tegishli mas’ullarga ta’mirlash ishlarining sifatli amalga oshirilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.