⌛ ZARAFSHON SHAHRIDA VILOYAT SEMINARI BO‘LIB O‘TDI
✔️Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan barcha tuman va shaharlardagi mavjud umumta’lim muassasalarining direktor, MMIBDO‘, O‘IBDO‘, CHQBT, logoped-psixolog, kutubxona hamda AKT xodimlariga sho‘balarga bo‘lingan holatda o‘quv-amaliy seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.
📍Zarafshonda bo‘lib o‘tgan seminarda boshqarma mas’ullari tomonidan mavzuga doir taqdimotlar namoyish etildi hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini sifatli tashkil etishga, kadrlar salohiyatini oshirishga va o‘quvchilar bilimini baholashning yangi tartibini sifatli joriy etishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.