Zarafshon shahridagi 7-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda armiyamizning jasorat va mardlik timsoli ekanligini yoshlar ongiga singdirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Vatan himoyasi - sharafli burch" shiori ostida konsert dasturi tashkil qilindi.
Tadbirda shahar hokimi o’rinbosari S. Uvaytov, shahar ma’naviyat va ma’rifat bo’linmasi rahbari D.Baxranova va boshqalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida iqtidorli o'quvchi-yoshlar tomonidan vatanparvarlikni tarannum etuvchi kuy-qo'shiqlar, she'riy chiqishlar, raqslar ijro etildi.
Ushbu tadbir bolalarning musiqa olamidagi ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish hamda ularda Vatanga bo‘lgan muhabbatni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.