“MAHALLA BANKIRI” ZARAFSHONDA FAOLIYATINI BOSHLADI
Prezidentimiz tashabbusi bilan aholi manfaatlarini samarali qo‘llab-quvvatlash, ularga moliyaviy xizmatlarni yaqinlashtirish va mahallalarda iqtisodiy faollikni oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Mahalla bankiri” loyihasi Zarafshon shahrida faoliyatini boshladi.
✅Ushbu tashabbus doirasida Azamat Ismoilov Yulduz mahallasida “Mahalla bankiri” etib tayinlandi. U o‘ziga biriktirilgan mahallalardagi fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning moliyaviy ehtiyojlarini chuqur o‘rganishga va muammolarga tezkor yechim topishga kirishdi.
✅Zarafshonda “Mahalla bankiri” loyihasining amalga oshirilishi Prezidentimiz topshiriqlarining amalda hayotga tatbiq etilayotganining yana bir namunasidir.
🏦 Asakabank esa bu tashabbusning birinchi ishtirokchisi sifatida mahalliy aholiga moliyaviy ko‘mak va xizmatlar taqdim qilishda yangicha yondashuvlarni namoyon etmoqda.