Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi farovonligini oshirishda amalga oshirilayotgan islohotlar.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “mahallabay” ish tizimi va hokim yordamchisi lavozimi mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash, daromadini ko‘paytirish, tadbirkorlikka keng yo‘l berish, shu orqali kambag‘allikni qisqartirish yo‘lida katta qadam bo‘ldi.
Shu o‘rinda 2024-yilda mahallada tadbirkorlikni oshirish kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilgan islohotlar jarayoni bilan to‘xtalib o‘tmoqchiman.
Jumladan, tomorqa yer uchastkalari egalarini kooperasiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlik sub'ektlariga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan:
- parranda (tovuq, bedana, o‘rdak, g‘oz, kurka), parrandani saqlash uchun katak, ozuqa yemi hamda dori vositalari;
- uzum ko‘chati va tok so‘risi;
- asalari oilasi, asalari uyasi uchun quti hamda ozuqa yemi;
- quyon, quyon katagi va ozuqa yemi;
- baliq chavoqlari, sun’iy hovuz va ozuqa yemini xarid qilish hamda keyinchalik tomorqa yer egalariga taqdim etish uchun subsidiya ajratilishi belgilandi.(PQ-366)
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan ma'qullangan dasturlar asosida tashkil etilgan o‘quv kurslarini tamomlagan xotin-qizlar uchun AT “Xalq banki” tomonidan hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 3 yilgacha muddat va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda kreditlar ajratilishi belgilandi.(PQ-5020)
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-149-son, 02.04.2024 y.) qabul qilindi. Unga ko‘ra, 33 million so‘mgacha, bir yildan so‘ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo‘shimcha 50 mln so‘mgacha revolьver asosida, ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo‘nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun, yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln so‘mgacha garovsiz, 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so‘mgacha garovsiz berilishi belgilandi.
O‘zini o‘zi band qilgan aholiga biznes tashabbuslarini moliyalashtirish uchun kreditlar berilishi belgilandi. Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-apreldan 2024-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar o‘zini o‘zi band qilgan, biroq asosiy ish joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga quyidagicha ajratilishi belgilangan, 33 million so‘mgacha, bir yildan so‘ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo‘shimcha 50 mln so‘mgacha revolьver asosida berilishi nazarda tutildi. Ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo‘nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun,er maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln so‘mgacha garovsiz,10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so‘mgacha garovsiz beriladi. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakolatli banklar bilan birgalikda 2024-yil 1-iyuldan mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi monitoringini va ularning samaradorligini baholash mexanizmini joriy etildi (PQ-149).
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-312-son, 07.09.2024-y.) qabul qilindi. Bir loyiha doirasida 300 million so‘mgacha mikrokreditlarni, shundan 100 million so‘m garovsiz qismini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ mablag‘lari hisobidan, 200 million so‘mgacha qismini banklar va mikromoliya tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilishi belgilandi. Dastur doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlar ➖ kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan va ijobiy kredit tarixiga ega kichik tadbirkorlik sub'ektlariga ajratilishi belgilandi.
O‘z tajribamdan kelib chiqib bitta narsani ishonch bilan aytishim mumkin. Hozirgi paytda mamlakatimizda harakat qilgan, ishlagan odam daromad topishi uchun barcha sharoitlar mavjud. Harakat qilgan odam kam bo‘lmaydi
Albatta, xalqning turmush darajasi, mahalla obodonligi, xalq farovonligi oshgani sayin fuqarolarning davlatga, undagi islohotlarga bo‘lgan ishonchi ham osha boradi. Mahallamiz fuqarolari shu yerning o‘zida ish bilan ta'minlangan, deyarli boshqa joylarga borib ishlamaydi.
Hokim yordamchisi lavozimining tashkil etilganligi mahallalarni har taraflama rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, daromadini oshirish ishiga salmoqli hissa qo‘sha boshladi, deb ishonch bilan aytish mumkin. Biroq hali qiladigan ishlarimiz bisyor. Asosiy maqsad – odamlarni rozi qilish, xalqning duosini olish. Toki bizdan yaxshi nom qolsin.
A.Axmedov Zarafshon shahar “Oltin vodiy” MFY hokim yordamchisi