Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

BAYRAM TABRIGI


Aziz va munis onaxonlar, dilbar opa-singillar, shahrimizning barcha muhtarama ayollari hamda go‘zal qizlari!

Barchangizga nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami muborak bo‘lsin!

Odatda, ayolni bahorga, bahorni esa ayolga qiyoslashadi. Zotan, o‘lkamiz uzra muattar sepini yoya boshlagan bahorning ilk kunlari aynan xotin-qizlar bayrami bilan boshlanishi ham ramziy ma’no kasb etadi.  Ayoli bor oila — qut-barakali, fayzli va tarovatli bo‘ladi. Yurtimiz ham, jamiyatimiz ham ayol bilan go‘zaldir.

O‘zbekistonimizda aholi turmush tarzining osodaligi, baxt-saodatli va totuvligi, olib borilayotgan har bir bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida ayollarimizning aql-zakovati va o‘tkir zehni mujassam ekanligini quvonch bilan ta’kidlab o‘tishimiz joiz.

Demak, siz hamisha el-yurt ardog‘idasiz. Sizning salomatligingiz, baxtingiz, sha’n va huquqingiz biz uchun ko‘z qorachig‘idek azizdir.

Aziz va muhtaram opa-singillar!

Barchangizni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy qutlab, sizlarga sihat-salomatlik, oilalaringizda to‘kin-sochinlik, baxt-saodat, shodlik, xurramlik, sharafli ishlaringizda yangidan-yangi zafarlar tilayman.

Ayollik baxti, bekalik taxti, onalik martabasi sizlarga hamisha hamroh bo‘lsin!

Hurmat bilan, shahar hokimi o'rinbosari,
Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i, Tursunova Laylo Zayniyevna.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech