Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

BAYRAM TABRIGI

                                                       
Muhtarama onaxonlar, aziz opa-singillar!

Bahor nafasi ufurib turgan kunda sizlarni nafosat va go‘zallik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!

Jamiyat va oila ustuni, hayotimizning fayz-u ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e'zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

Bugungi kunda muhtarama ayollarimiz jamiyatimizda olib borilayotgan o‘zgarish va yangilanishlar jarayonida, boshqaruv tizimida, tadbirkorlik, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san'at sohalarida, mahallalarda qanchalik fidokorona mehnat qilib kelayotganini hammamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.

Sizlarni Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizda doimo xursandchiliklar bo‘lishini tilayman.

Hurmat bilan, Dilafruz Bahranova,

Xalq deputatlari shahar kengashi deputati
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech