Bugun, Respublika ishchi guruhi vakillari hamda Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov birgalikda shahardagi oziq-ovqat mahsulotlari omborida bo‘lishdi.
Ombor shahar aholisi uchun zarur bo‘lgan turli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlangan bo‘lib, ularning sifat va xavfsizligi doimiy ravishda nazorat qilib boriladi.