Bugun, shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tegishli mas'ullar bilan birgalikda Zarafshon shahri tashkil topganligining 60 yilligi munosabati bilan bog' barpo qilish yuzasidan shtab yig'ilishi o'tkazdi.
Jarayonda Qizilqum sahro mo'jizasi - Zarafshon shahrida yashil hududlarni kengaytirish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish masalalariga e'tibor qaratildi.
Albattaki, sahroni bog'-u bo'stonga aylantirish katta mehnat, shijoat va ilm talab qiladi. Ekilgan har bir novdani yetuk daraxtga aylanishi uchun sug'orish tizimi ham muhimdir.
Shuningdek, shahar hokimi ushbu masalalarni amalga oshirishda zarur bo'lgan suv tortish tizimlari va yo'laklar bo'yicha rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishib, zaruriy ko'rsatmalar berdi.