Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

JARAYON

Joriy yilning mart oyida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Navoiy viloyati hududiy boʻlinmasi tomonidan shahardagi tashkilot va muassasalarning rahbarlari, ish yuritish uchun masʼul xodimlari uchun “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” o‘quv kursi tashkil etildi.

Anʼanaviy shaklda tashkil etilgan oʻquv kursidan maqsad malaka oshirayotgan guruh tinglovchilarining lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosidan amaliyotda toʻgʻri foydalanish, Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari, Davlat tilida ish yuritishga oid bilimlarini boyitishdan iborat.

Oʻquv mashgʻulotlari Markaz hududiy boʻlinmasining mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda.



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech